AI yordamchi Telegram ichida pulni, qarzdorlikni, vazifa va muddatlarni kuzatadi. Har ertalab sizga bitta xabar keladi: nima yaxshi, nima xavfli, bugun nimaga e'tibor berish kerak. Siz faqat qaror qabul qilasiz.
Xodim ko'paydi, mijoz ko'paydi, aylanma oshdi. Nazorat esa o'sha-o'sha: telefon, eslab yurish va “qachon tayyor bo'ladi?” degan savollar.
Pul qayerga ketayotgani oy oxirida bilinadi. Qarzdorlik nazoratsiz, kim qancha to'lamagani — eslab yurilsa.
Hisobot so'ralsa kechikadi yoki umuman kelmaydi. Raqamlarni yig'ish uchun bir necha kishiga qo'ng'iroq qilasiz.
Topshiriq berildi, keyin unutildi. Muddat o'tgach bilasiz, javobgar esa “eslatishmadi” deydi.
Siz bir kun bo'lmasangiz ish sekinlashadi. Har savol rahbarga keladi, strategiyaga vaqt qolmaydi.
Hisobot so'rash, qo'ng'iroq qilish, eslatish, raqam yig'ish. Bu vaqtni o'sishga sarflasangiz bo'lardi.
Bu — faqat sizning vaqtingiz. Kechikkan to'lov, unutilgan topshiriq va kech ko'rilgan muammolar narxi bunga kirmagan.
Yangi dastur o'rganish shart emas — hammasi siz har kuni ishlatadigan Telegram ichida.
Har ertalab bitta xabar: kecha nima bo'ldi, bugun nimaga e'tibor berish kerak, qaysi raqam xavfli.
Kirim, chiqim, debitorka va xarajat. Kechikkan to'lov bo'lsa AI o'zi ogohlantiradi.
Har topshiriqning javobgari va muddati bor. AI eslatadi, kechiksa sizga xabar beradi.
Yozish shart emas: ovozli xabar avtomatik matnga aylanadi va bajariladi.
Har xodim o'z jarayonini aytib beradi, hisobotni botga topshiradi. Bilim kompaniyada qoladi.
Ishlab chiqarish, sotuv, marketing, moliya — har bo'limga o'z mutaxassis agenti.
Pul, qarzdorlik, bugungi muddatlar — bitta xabarda.
“Sotuv bo'limidan haftalik reja so'ra” — AI so'raydi va yig'adi.
Mijoz to'lovi kechikdi yoki xomashyo kamaydi — darrov signal.
Xodimlar botga topshiradi, AI qisqa xulosaga aylantiradi.
Bajarilgan, kechikkan va ertangi asosiy ishlar ro'yxati.
O'qitish har paketga kiradi. Maqsad va kutilgan natija ish boshlanishidan oldin yozma kelishiladi.
| Nima kiradi | Bazaviy1 500$ | Start3 000$ dan | Biznes5 000$ dan | Premium10 000$+ dan |
|---|---|---|---|---|
| Maqsad va kutilgan natija yozma kelishiladi | ✓ | ✓ | ✓ | ✓ |
| Server, Claude va Telegram bot (24/7) | ✓ | ✓ | ✓ | ✓ |
| Ovozli xabar avtomatik matnga | ✓ | ✓ | ✓ | ✓ |
| Kelishilgan lavozim uchun AI agent | ✓ | ✓ | ✓ | ✓ |
| Biznes egasi uchun shaxsiy AI yordamchi | — | ✓ | ✓ | ✓ |
| Kompaniya bilim bazasi va ish jurnali | — | ✓ 20 hujjat | ✓ | ✓ |
| Moliya nazorati: pul harakati, debitorka, xarajat | — | ✓ | ✓ | ✓ |
| Vazifa, muddat va javobgar nazorati | — | ✓ | ✓ | ✓ |
| Xodimlar boti va jarayon intervyusi | — | — | ✓ | ✓ |
| Ishlab chiqarish, sotuv, marketing bo'limlariga ulanish | — | — | ✓ | ✓ |
| Bo'limlar uchun AI agentlar jamoasi | — | — | ✓ 5 gacha | ✓ cheklanmagan |
| Avtomatik hisobot va kunlik brifing | — | — | ✓ | ✓ |
| AI dan oldin jarayon diagnostikasi | — | — | — | ✓ |
| KPI va boshqaruv paneli | — | — | — | ✓ |
| 1C, iBox, bank integratsiyasi (API bo'lsa) | — | — | — | ✓ |
| O'qitish | ✓ | ✓ | ✓ | ✓ joyida trening |
| 1 oy qo'llab-quvvatlash va kuzatuv | — | ✓ | ✓ | ✓ |
Mijozga taklif qilayotgan hamma narsani avval o'zimizda qurib, har kuni ishlatamiz.
Butun kompaniya bitta panelda: moliya, CRM voronka, vazifa va muddat, KPI, Kaizen. Telegram bot orqali ovoz bilan boshqariladi, har kuni o'zi hisobot beradi.
Xodim tanlash platformasi: lavozim profili, nomzodlar voronkasi va karyera yo'li. AI nomzodni lavozim talabiga solishtiradi.
app.rekruterai.uz →Kamera orqali omborlar tarmog'ini kuzatish: kirim-chiqim, qoidabuzarlik va g'ayrioddiy holatlar haqida darrov signal.
Demoni ko'rish →Ishlab chiqarish direktori, rejalashtirish, sex boshlig'i, texnolog, sifat, ta'minot, tannarx, ombor agentlari. Har biri real korxona ma'lumotida ko'r sinovdan o'tkazilgan.
Xodim o'z ishini botga aytib beradi, bot jarayonni yozib oladi va tahlil qiladi. Bilim xodim bilan ketib qolmaydi, kompaniyada qoladi.
Tadbirkor shaxsiy AI agentini bot yordamida qadamma-qadam o'zi quradi: server, Telegram, ovoz, kunlik brifing.
2 shahar, 20 xodim. CRM va sotuv, ijara hisobi, ishlab chiqarish tannarxi, moliya va ombor — bitta AI tizimga ulanmoqda. Maqsad: rahbar vaqtini bo'shatib, yangi filialga yo'naltirish.
Diagnostikada 109 ta muammo topildi, shundan 22 tasini AI bilan 3 oyda yopish rejasi tuzildi: kunlik unumdorlik hisoboti, reja-fakt, rahbar brifingi.
Broyler, tuxum va inkubator bitta majmuada: interaktiv 3D model, bosh reja, uskunalar, kadrlar va har bino datchiklari monitoringi namunasi.
Loyihani ko'rish →O'quv dasturi va ishtirokchilar jarayoni AI bilan avtomatlashtirildi: reyting, modullar ketma-ketligi va hisobotlar o'zi yangilanadi.
Qaysi lavozim yoki bo'lim, qanday natija kutilyapti — yozma kelishiladi. Natija o'lchanadigan bo'ladi.
Server, Claude va Telegram bot o'rnatiladi. Tizim 24/7 ishlaydi, kompyuteringiz yoqiq turishi shart emas.
Siz va xodimlar jarayonni ovoz bilan aytib berasiz. AI kompaniyangizni, atamalaringizni va qoidalaringizni o'rganadi.
Moliya, vazifa, bo'lim agentlari va kunlik brifing ishga tushadi. Har biri real ma'lumotda sinaladi.
Rahbar va xodimlarga qanday ishlatish o'rgatiladi. Premiumda — joyida guruh trening.
Birinchi oy natijani birga kuzatamiz va tuzatamiz. Keyin oylik support bilan tizim rivojlanadi.
Tizimni biznes boshqaruv konsultanti Otabek Azimov jamoasi quradi. Biz AI ni “chiroyli bot” uchun emas, boshqaruv muammosini yopish uchun joriy qilamiz: avval jarayonni tushunamiz, keyin AI ga topshiramiz.
Ha. Hammasi Telegram ichida: yozasiz yoki ovoz yuborasiz. Server, sozlash va texnik ishlarni biz qilamiz, o'qitish har paketga kiradi.
Tizim sizning alohida serveringizda ishlaydi, boshqa mijozlar bilan aralashmaydi. Botga faqat siz ruxsat bergan odamlar kira oladi.
Premium tarifda 1C, iBox va bank bilan integratsiya qilinadi (tizimda API bo'lsa). Boshqa tariflarda ma'lumot Telegram orqali kiritiladi yoki fayldan o'qiladi.
Ko'pincha Start yoki Biznesdan. Agar avval sinab ko'rmoqchi bo'lsangiz — Bazaviy: bitta lavozim, 10 kunda natija. Keyin yuqori tarifga o'tsangiz, qilingan ish saqlanadi.
AI tizim jonli: yangi hisobot, yangi xodim, yangi jarayon qo'shiladi. Support davomida sozlash, kuzatuv va kichik o'zgarishlarni biz qilamiz.
Shartnoma asosida. Maqsad va natija yozma kelishilgandan keyin ish boshlanadi. Aniq shartlarni suhbatda kelishamiz.
Ariza qoldiring, siz bilan bog'lanamiz.
Yoki to'g'ridan-to'g'ri: Telegram · +998 93 717 56 06